14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Markaziy bank “Agrobank” va Xalq bankini jarimaga tortdi

“Agrobank” va Xalq banki tomonidan bir qancha qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Markaziy bank ushbu qoidabuzarliklarni sanab o‘tdi. Shu sababli ikkala bankka nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

1 daqiqa o'qish250 marta o'qildi

Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligida “Agrobank” va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Xususan, ushbu banklar tomonidan qonun talablariga rioya qilmagan holda, mijozlarning hisobvaraqlariga mablag‘ kiritib qo‘yganlik uchun komissiya to‘lovlari undirilgan. Omonat shartnomasi shartlariga bank tomonidan bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, banklarning axborot stendlarida noto‘g‘ri va ahamiyatsiz (dolzarb bo‘lmagan) ma’lumotlar joylashtirilgan. Kredit shartnomasi shartlariga amal qilmagan holda, kredit to‘lovlari bo‘yicha penyalar hisoblangan va boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berish bilan bir qatorda ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi