14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosiga virtual sayohat yo‘lga qo‘yildi

Sayohatni maxsus ko‘zoynak (VR ko‘zoynak) yordamida amalga oshirilsa, sayohatchi o‘zini xudda binoni ichida yurgandek his qiladi.

1 daqiqa o'qish94 marta o'qildi

Innovatsion rivojlanish vazirligining fuqarolar va jamoatchilikka ochiqligini ta’minlash, yuqori texnologiyalari muhitini shakllantirish, yoshlarning innovatsiyalarga diqqatini qaratish va qiziqishini oshirish maqsadida vazirlik binosiga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratildi. Mazkur virtual tur hozirgi pandemiya sharoitida dolzarb bo‘lib, hali vazirlik binosiga tashrif buyurmaganlarga uchun idorani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga xizmat qiladi.

Virtual sayohat davomida istagan odam vazirlikning turli xonalarida — aerokosmik texnologiyalar va 3D modellarni prototiplash laboratoriyasi, robototexnika va mexatronika laboratoriyasi, yosh ixtirochilar xonasi, innovatsion loyihalar, zamonaviy ishlanmalar o‘rin olgan ko‘rgazma zaliga tashrif buyurishi mumkin.

Bundan tashqari, bunday sayohatni maxsus ko‘zoynak (VR ko‘zoynak) yordamida amalga oshirilsa, sayohatchi o‘zini xudda binoni ichida yurgandek his qiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligiga sayohatni quyidagi havola orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan startap-loyihalar tanlovida g‘olib bo‘lgan «NazzAR» loyihasi muallifi bo‘lmish SmartChain kompaniyasi tomonidan yaratilgan O‘zbekistondagi 10 ta tarixiy obidalarga virtual sayohat qilishingiz mumkin.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi