14-oktabr, chorshanba08:55Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

FVV O‘zbekistonga kirib kelgan zararli chigirtkalar qarshi kurashyapti

Ayni kunlarda respublika bo‘yicha 327,4 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgan.

1 daqiqa o'qish184 marta o'qildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarni kirib kelishini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilda zararli chigirtkalarni respublikamiz hududiga kirib kelishini oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Shuningdek, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar zahirasi yaratilgan.

Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan.

Yana bir muhim jihat bu kabi ezgu amallar qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston Respublikalari shular jumlasidandir.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi