14-oktabr, chorshanba10:46Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Farg‘ona vodiysi viloyatlarini bog‘lovchi elektropoyezd yo‘lga qo‘yiladi

Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon stansiyalari oralig‘i elektrlashtirib bo‘lingan. Yo‘lkira narxi esa 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘lishi kutilmoqda.

1 daqiqa o'qish41 marta o'qildi

Farg‘ona vodiysi bo‘ylab uzunligi 331 km bo‘lgan halqa elektropoyezdlar harakati qo‘yiladi. U Farg‘ona vodiysi viloyatlarini bir-biri bilan bog‘laydi.

Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon stansiyalari oralig‘i elektrlashtirib bo‘lingan. Ayni paytda Qo‘qon-Namangan-Andijon stansiyalari elektrlashtirilmoqda. Bu ishlar ham yaqin ikki oyda yakunlanadi.

Elektrpoyezdlarning birinchi qatnovi shu yilning sentyabr oyida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Yo‘lkira narxi esa 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘ladi.

Poyezdlar konditsionerlar, USB-kabellar, Wi-Fi, bufet, moto-velosipedlar uchun maxsus joylar, biohojatxona kabilar bilan ta’minlanadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi