14-oktabr, chorshanba14:01Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Texnologiyalar

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni belgilashni boshladi

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni aniqlash uchun bir nechta belgilarga e’tibor qaratadi. Agar tashkilot Facebook qaroriga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lsa, qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etib, apellyasiya berishi mumkin.

1 daqiqa o'qish24 marta o'qildi

«Biz odamlarga Facebook'da ular ko‘rayotgan xabar ortida kim turganini tushunishda yordam berishni xohlaymiz», deydi tarmoq kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i.

Facebook O‘zbekistonga soliq to‘laydi

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni aniqlash uchun bir nechta belgilarga e’tibor qaratadi. Shu jumladan:

  • tashkiliy tuzilma, ya’ni aksiyadorlar, hamkorlar, tashkilot boshqaruv kengashi a’zolari, rahbariyati, davlat tomonidan tayinlanadigan rahbarlar;
  • manbalarni ko‘rsatishdagi shaffoflik, mustaqillik va xilma-xillik kabi tahririyat qoidalari;
  • taxririyat boshqaruvi va xodimlari xaqidagi ma’lumotlar;
  • moliyalashtirish manbalari;
  • tuzatish choralari, shikoyat qilish tartibi, tashqi baholash va nazorat kengashlari kabi boshqaruv va javobgarlik mexanizmlari.

Agar tashkilot Facebook qaroriga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lsa, qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etib, apellyasiya berishi mumkin.

Belgilar «Ad Library Page», «Pages» oynasida va «Page Transparency» (sahifa shaffofligi) bo‘limida aks ettiriladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi