14-oktabr, chorshanba08:49Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Chipta pullari yo‘lovchilarga qaytariladi

Karantin choralari kuchaytirilib, poyezdlar qatnovi to‘xtatilgani sababli yo‘lovchilarga sotib olingan chipta pullari qaytariladi. Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati bir yilgacha haqiqiy hisoblanadi.

1 daqiqa o'qish83 marta o'qildi

2020 yil 10 iyulidan 1 avgustga qadar bo‘lgan muddatda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ da 5900 ta chipta sotilgan.

Mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi

Karantin choralari kuchaytirilib, poyezdlar qatnovi to‘xtatilgani sababli yo‘lovchilarga sotib olingan chipta pullari qaytariladi.

"Uzbekistan airways" AJ tomonidan "Toshkent-Nukus", "Toshkent-Urganch", "Toshkent-Termiz" yo‘nalishlarida 13 iyuldan 1 avgustga qadar bo‘lgan muddatga 332 ta aviachipta sotilgan.

Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati bir yilgacha haqiqiy hisoblanadi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashib aviaqatnovlar tiklanganda, yo‘lovchilar avval sotib olgan chiptalari bilan bemalol parvoz qilishi mumkin.

Toshkent shahridagi avtobuslarda harakatlanish maqsadida iyul oyi uchun sotib olingan oylik yo‘l chiptalari "Toshshahartrans" AJning oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi tomonidan joriy yilning 1 avgustidan 10 avgustigacha qaytarib olinadi va foydalanilmagan kunlar uchun pul mablag‘lari qaytariladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi