14-oktabr, chorshanba08:56Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi

Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi

1 daqiqa o'qish543 marta o'qildi

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razrayadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, byudjet tashkilotlarida:

  • asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar joriy yilning 1 iyuliga qadar to‘xtatiladi va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘lar qisqartiriladi yoki 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkaziladi;
  • kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qog‘oz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o‘tkazish, joriy ta’mirlash va boshqa xarajatlar qisqartiriladi.

Qaror bilan respublika va mahalliy byudjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi