14-oktabr, chorshanba10:41Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishda xavfsizlik talablari belgilandi

Talablarga ko‘ra, o‘yinchoqlarga ikkilamchi xomashyolar, ya’ni boshqa maqsadlarda ishlatilgan va qayta ishlash natijasida olingan xomashyolarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi

1 daqiqa o'qish29 marta o'qildi

23 iyul kuni Hukumat qarori bilan Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.

Reglament bolalar o‘yinchoqlarini xavfsiz ishlab chiqarish va sotish talablarini belgilaydi.

Reglamentga muvofiq:

  • bolalar o‘yinchog‘ining tarkibi portlash xususiyatiga bo‘lgan moddalar va materiallardan iborat bo‘lmasligi kerak;
  • elektr o‘yinchoqlarda, shuningdek, ularning tarkibiy qismining birortasida ham nominal kuchlanish 24 V dan oshmasligi kerak;
  • oziq-ovqat mahsulotlarida va (yoki) oziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdoga chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlari o‘zlarining alohida qadoqlariga ega bo‘lishi talab etiladi;
  • o‘yinchoqlarga ikkilamchi xomashyolar, ya’ni boshqa maqsadlarda ishlatilgan va qayta ishlash natijasida olingan xomashyolarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • foydalanuvchiga kuyish xavfini keltirib chiqaruvchi tarkibida qizdirish elementi mavjud bo‘lgan o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish taqiqlanadi;
  • uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallanmagan o‘yinchoqlarga yosh guruhi ko‘rsatilgan, taqiqlovchi shartli grafik belgi qo‘yilgan bo‘lishi shart.

Reglament talablari bolalar o‘yinchog‘i deb qaralmaydigan mahsulotlarga, shuningdek, shaxsiy buyurtmalar va ko‘rgazma nusxalari sifatida tayyorlangan o‘yinchoqlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur reglament rasman e’lon qilingan kunday boshlab 12 oy o‘tgandan keyin amalga kiritiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi