14-oktabr, chorshanba13:11Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Birjada sement narxi yana 5 foizga pastladi

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining sement bozori narxlarining pasayish tendensiyasini namoyon etmoqda.

1 daqiqa o'qish395 marta o'qildi

Joriy yilning 20-24 iyullarida o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, barcha markali sementning o‘rtacha narxlarida har kuni bir maromda pasayish kuzatilib, hafta yakuni bilan mahsulotning bir tonnasi uchun narxlar 891,4 ming so‘mdan 848,5 ming so‘mgacha, ya’ni 5 foizga pasaydi. Bu haqda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar qildi.

Birjada sement narxi ketma-ket tushishda davom etmoqda

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolariga jami 211,5 ming tonna sement qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 208,0 ming tonnasi, ya’ni 98,4 foizi sotilgan. Jumladan, forvard shartnomalari asosida 2,5 ming tonna sement birja savdolariga qo‘yildi va ularning barchasi sotildi. Forvard shartnomasi asosida sotilgan sementning narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 855,0 ming so‘mni tashkil qildi.

Ayni paytda birjada sement uchun narxlar faqatgina haqiqiy bozor tamoyillari asosida talab va taklifga ko‘ra shakllanib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sement importi tartibini soddalashtirish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, endilikda, respublikaga olib kiriladigan sementni erkin muomalaga chiqarishni soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshirish amaliyoti qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, kelayotgan haftada yillik umumiy sement ishlab chiqarish quvvati 500 ming tonna bo‘lgan “Bekabodsement” AJ Yangiyo‘l maydalash sexining mahsulotlari ham birja savdolariga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan qarorning qabul qilinishi hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushishi ichki bozorni sifatli sement mahsulotlari bilan to‘yintirish va sementning amaldagi narxlarini arzonlashtirishga olib kelishi kutilmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi