14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
COVID-19

Ayrim karantin talablari 1 sentyabrga qadar davom etadi

Shaxsiy avtotransport vositalarida viloyatlarga borish uchun karantin cheklovlari 1 sentyabrga qadar qat’iy tartibda o‘rnatildi.

1 daqiqa o'qish750 marta o'qildi

Quyidagilar joriy yilning 1 sentyabriga qadar uzaytirildi:

Bog‘chalar, restoranlar, jamoat transportlari, buyum bozorlari va bir qancha tarmoqlar faoliyatiga ruxsat berilmadi

  • xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan viza muddatlari;
  • muayyan muddatga vizasiz va elektron viza bilan kirish huquqiga ega xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020 yil hisobidan qaytarib olib chiqish muddati tugaydigan xorijiy avtotransport vositalarini respublikamiz hududidan qaytarib olib chiqish muddati.
  • Shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish belgilandi.

Dehqon bozorlari va aholi gavjum bo‘ladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan ko‘ngilli guruhlar tuzish topshirildi.

Shuningdek, Mamlakatda karantin va undan keyingi davrda fuqarolarning respublika bo‘ylab sayohat qilishlari yuzasidan vaqtinchalik tartib hamda Karantin davrida sanatoriylar va bolalar yozgi oromgohlarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik talablar tasdiqlandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi