14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Avgust oyigacha O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qanchaga yetdi?

O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan 5,6 mlrd dollarga ko‘paygan.

1 daqiqa o'qish53 marta o'qildi

O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan 5,6 mlrd dollarga ko‘payib, 1 avgust holatiga 34,7 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Shulardan, valyuta aktivlari 13,6 mlrd dollarni (yanvar oyidan boshlab +1,1 mlrd dollar), quyma shaklidagi monetar oltinlar — 20,7 mlrd dollarni (+4,4 mlrd) tashkil etadi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyidan beri 5,3 mlrd dollarga o‘sib, 33,9 mlrd dollarga yetdi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi