14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

AQSh koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga mablag‘ ajratdi

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi O‘zbekistonga shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihoz xarid qilish uchun mablag‘ ajratdi.

1 daqiqa o'qish121 marta o'qildi

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19 ga qarshi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi.

Buning 2,07 million dollari O‘zbekistonga beriladi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qildi.

Mablag‘ COVID-19 testlari uchun laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalar sotib olishga sarflanadi.

Shuningdek, ajratilgan mablag‘ CDC Atlantada ochganiga o‘xshash O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihoz xarid qilish va trening o‘tkazishga sarflanadi.

CDC chegara kirish punktlarida tekshiruvdan o‘kazish uchun texnik ko‘mak ham beradi, bu esa mamlakatning chegaralarda shaxslarni aniqlash va javob qaytarish qobiliyatini mustahkamlaydi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi