14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
COVID-19

28 may kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning 21 nafari aholi orasidan aniqlandi

28 may kuni mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 75 holatning 21 nafari aholi orasidan aniqlangan. Kasallik holatlari Toshkent shahri, Samarqand viloyati va Toshkent viloyatida qayd etilgan.

1 daqiqa o'qish73 marta o'qildi

28 may kuni mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 75 holatning 48 nafari Karantin markazidan, 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 21 nafari (Toshkent shahri 16, Samarqand viloyati 4, Toshkent viloyati 1) esa aholi orasidan aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kun davomida 26 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3444 nafar bemordan 2694 nafari butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 736 nafar bemor yurtimizning 7 hududidagi davolash muassasalarida davolanishmoqda.

28 may kuni mamlakatimizda uy karantiniga 1166 nafar fuqaro olinib, 1284 nafar fuqaro chiqarildi. Statsionar karantinga esa 1532 nafar fuqaro olinib, 935 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi