# Президент

Meva-sabzavotchilik, oziq-ovqat sanoatini rag‘batlantirish uchun 700 million dollar jalb qilinadi
Pandemiya sharoitida tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 700 million dollar jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ayni vaziyatda uyda o‘tirgan fuqarolarga va o‘z burchini matonat bilan bajarayotgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi
Vatanimizda yashayotgan hech bir inson, hech bir oila davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va g‘amxo‘rligidan chetda qolmasligi kerak. Sabr-toqat bilan uyida va karantin maskanlarida o‘tirgan barcha fuqarolarimizga, shuningdek, o‘z burchini mardlik va matonat bilan bajarayotgan shifokorlarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman, dedi Prezident.

Korxonalarga ish haqi to‘lash uchun kreditlar ajratiladi
9 aprel kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Banklar faoliyatining barqarorligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev inqirozga qarshi choralarni e’lon qildi
Prezident tomonidan mas’ul tashkilotlarga koronavirus ta’siri eng yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq ta’tillari va kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berish, byudjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar berildi.

Prezident koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi
"Mamlakatimizda yetarli darajada zaxira mavjud, xavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yo‘q. Ammo ko‘pga kelgan bu baloga qarshi hammamiz birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Avtomobillar narxi oshirilgani Prezidentga yetib bordi
Shavkat Mirziyoyev mashinalar narxining oshirilishi odamlarning noroziligiga sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

"Raqamli Toshkent" tizimi ikki yil davomida sinovdan o‘tkaziladi
Keyingi yillarda dunyoda “raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda. Shu tajribadan kelib chiqib, “Raqamli Toshkent” tizimini joriy etish, uni ikki yil davomida sinovdan o‘tkazib, boshqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Navro‘z bayramini o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Xitoy sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Tibbiyot sohasiga ixtisoslashtirilgan Ibn Sino maktablari tashkil etiladi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni sog‘liqni saqlash xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etiladi.

Kaliyli o‘g‘itlar zavodida davlat ulushi investorlarga sotiladi
Shavkat Mirziyoyev kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda kimyo sohasida yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, bunga xorijiy investorlarni keng jalb qilish zarurligini ta’kidladi.

Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti turkiyalik ishbilarmonlar bilan aniq loyihalarni muhokama qildi
Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniya va bank rahbarlari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston – Turkiya munosabatlari tarixida yangi muloqot formati
Oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashi siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport va tranzit, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, madaniyat, ta’lim, fan va texnika, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining muzokara o‘tkazdi (foto)
Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Prezident Turkiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Anqaraga jo‘nab ketdi.

Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisiga yer ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish Prezident qaroriga binoan amalga oshiriladi.

1 avgustgagacha litsenziya berish elektron tizimga o‘tadi
Shavkat Mirziyoyev Axborot texnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga joriy yil 1 avgustga qadar litsenziya berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘liq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasini qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti kutubxonasining ochilish marosimida qatnashadi
Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga ko‘ra Turkiya boradi. O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishida qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev: Bozor bo‘lmasa, eksport ham bo‘lmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev DXX bilan chegarani qo‘riqlash masalasini muhokama qildi
Prezident 13 fevral kuni DXX va Xavfsizlik kengashi apparati bilan o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston chegarasini qo‘riqlash va muhofaza qilish to‘g‘risida bir qancha topshiriqlar berdi.

Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi
13 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish haqida aytib o‘tildi.

Korrupsiya “botqog‘i”dagi sohalar “tozalanadi” hamda davlat xizmatchilarining mol-mulki deklaratsiya qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.