14-oktabr, chorshanba08:53Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Yaqin qarindoshlarga tegishli transport vositasini ishonchnomasiz boshqarish tartibi belgilandi

Notariat tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Hukumatning bir qator qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

1 daqiqa o'qish669 marta o'qildi

Notariat tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Hukumatning bir qator qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, transport vositasi egasining sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) transport vositasini notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz boshqarishiga ruxsat berildi.

Bunda transport vositasi egasining talabi bilan sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta polisida qarindoshlik darajasi ko‘rsatiladi.

Shuningdek, qaror bilan sug‘urta polisi blankasining yangilangan shakli tasdiqlandi.

Qaror bilan Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, DYHXX organlari tomonidan sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlardan transport vositasini boshqarishi haqida ishonchnoma hamda qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi