14-oktabr, chorshanba10:46Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Xorijda bo‘lgan qarindoshining pensiyasini ishonchnoma orqali olish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, xorijda bo‘lgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasiga kela olmagan paytida ishonchnoma orqali to‘lanishi mumkin.

1 daqiqa o'qish81 marta o'qildi

Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, bunda fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan 3 xil mazmundagi asos bo‘lgan ma’lumotnoma beriladi.

Xususan:

  • fuqaro sog‘lig‘i tufayli O‘zbekiston Respublikasiga kelolmasligi;
  • fuqaroga istiqomat qilib turgan respublikada pensiya yoki nafaqa tayinlanmaganligi;
  • doimiy ro‘yhatda turmasligi to‘g‘risida.

Ushbu ma’lumotnomalar berilgandan keyin pensiya tiklanib, 12 oydan oshmagan muddatga to‘lab berilishi mumkin.

Qonunchilikda mazkur ma’lumotnomalar orqali pensiya tayinlanlash nazarda tutilmagan.

Ishonchnoma pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning bo‘linmasida saqlanadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi