14-oktabr, chorshanba09:01Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qaysi holatlarda beriladi?

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi.

1 daqiqa o'qish48 marta o'qildi

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:

  • vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda);
  • sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
  • kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
  • karantinda;
  • sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
  • mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi