14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston ga 1 milliard dollarlik uran yetkazib beradi

O‘zbekiston va Yaponiya orasida imzolangan shartnomalarga ko‘ra, 2023 - 2030 yillarda O‘zbekiston Yaponiyaga qiymati $ 1 mlrd. bo‘lgan uran yetkazib beradi.

1 daqiqa o'qish212 marta o'qildi

O‘zbekiston va Yaponiya orasida imzolangan shartnomalarga ko‘ra, 2023 - 2030 yillarda O‘zbekiston Yaponiyaga qiymati $ 1 mlrd. bo‘lgan uran yetkazib beradi.

Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga bo‘lgan tashrifi davomida O‘zbekiston uran eksporti bo‘yicha yirik shartnomalar imzoladi, deb xabar qilmoqda Spot.uz.

Xususan, Yaponiyaning Itochu va Marubeni korporatsiyalari bilan qiymati 510 mln va 636 mln dollar bo‘lgan shartnomalar imzolangan. Shartnomalar ijrochisi sifatida O‘zbekiston tomonidan Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati ko‘rsatilgan.

Yaponiya korporatsiyalariga uran xom ashyosini 2023 – 2030 yillarda yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi