14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
COVID-19

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari qoldirildi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe joriy yilning yozida bo‘lib o‘tishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini qoldirish uchun kelishuv imzoladi.

1 daqiqa o'qish47 marta o'qildi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari qoldirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Xabarda yozilishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe joriy yilning yozida bo‘lib o‘tishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini keyingi yili o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

“2021 yilning yoz fasli Tokio Olimpiadasi uchun oxirgi sana bo‘lib qoladi”, deya qo‘shimcha qilgan Abe.

Ma’lumot uchun, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar, Paralimpiya o‘yinlari esa 25 avgustidan 6 sentyabriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi