14-oktabr, chorshanba08:57Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
COVID-19

Supermarketlarga kirishda fuqarolar bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlanadi

Respublika maxsus komissiyasi sanitariya-karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgiladi.

1 daqiqa o'qish55 marta o'qildi

Quyidagi sanitariya-karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi:

  • jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’yektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqob va qo‘lqopdan hamda antiseptik vositalaridan doimiy ravishda foydalanish;
  • yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish, shu jumladan, yo‘lovchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish;
  • supermarket va boshqa yirik do‘konlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash;
  • “sariq” hududlarda (soat 06:00 dan – 22:00 ga qadar), “qizil” hududlarda (07:00 dan – 10:00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat berilgan vaqtdan boshqa vaqtlarda harakatlanmaslik;
  • to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish.

Bunda,

  • ushbu sanitariya va karantin cheklovlariga rioya etmaslik, shu jumladan, avtobus salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablarini buzish;
  • avtotransport vositalaridan ruxsat berilgan vaqtdan tashqarida foydalanish, jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’yektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlamaslik;
  • uch kishidan ortiq yig‘ilish, tibbiy niqobdan foydalanmaslik, oilaviy tantana;
  • to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibini buzish;
  • tegishli mas’ullar hamda fuqarolarga nisbatan epidemiyalarga qarshi kurash talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi