14-oktabr, chorshanba14:05Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Shanba va yakshanba kunlari kimlar avtomashinada harakatlanishi mumkin?

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

1 daqiqa o'qish634 marta o'qildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi:

  1. maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor mashinalar;
  2. maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yurish huquqiga ega bo‘lgan avtomashnalar.

Ularning to‘liq ro‘yxati mana bu yerda.

Eslatib o‘tamiz, 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:

  • aholiga – «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish;
  • davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi