14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

"Sariq" va "Yashil" toifaga kiritilgan hududlarda 22 maydan boshlab nimalarga ruxsat beriladi?

Ruxsat berilgan maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

1 daqiqa o'qish410 marta o'qildi

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 22 mayidan boshlab:

  • ochiq sayilgoh,
  • muzey,
  • san’at galereyalari

faoliyatini yo‘lga qo‘yishga Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq:

  • “Sariq“ va “Yashil“ toifaga kiritilgan hududlarda ruxsat beriladi.

O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.

Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilarni tana haroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlarini oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi