14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
COVID-19

Respublika Maxsus komissiyasi: Bog‘cha, maktab va o‘quv kurslariga bo‘lgan cheklov o‘z kuchida qoladi

Cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilish.

1 daqiqa o'qish261 marta o'qildi

Koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi alohida hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

Karantin choralarini yumshatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bolalar tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi to‘la bartaraf etilgan zahoti, MTTlar faoliyati tiklanadi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi