14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Pensiya yoshi uzaytiriladimi? Ushbu mavzu yuzasidan Moliya vaziri izoh berdi

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining Twitter'dagi sahifasida pensiya yoshi uzaytirilishi yuzasidan tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh qoldirdi.

1 daqiqa o'qish159 marta o'qildi

O‘zbekistonda ayni paytda pensiya yoshini uzaytirish ko‘zda tutilmagan. Bu haqda Moliya Vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining Twitter'dagi sahifasida munosabat bildirdi.

"So‘nggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan o‘qidim. O‘ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagan. Ushbu mavzuda Moliya Vazirligi tomonidan batafsil ma’lumot beriladi", deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, “pensiya yoshi uzaytirilishi mumkin”, degan ma’lumotlar pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish jarayonidagi muhokamalardan keyin boshlangan edi. Ushbu konsepsiya Moliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2020 yil 1 aprelga qadar yakunlanishi belgilangan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi