14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Pandemiya davrida temir yo‘l orqali yuk tashishga talab keskin ko‘paygan

Xalqaro yuk tashuvlarida temir yo‘lning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi.

1 daqiqa o'qish27 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekiston transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha qancha zarar ko‘rgani aytildi

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, pandemiya davrida temir yo‘l orqali yuk tashishga talab keskin ko‘paygan. Xususan, xalqaro yuk tashuvlarida temir yo‘lning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi. Bu xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni ko‘paytirish uchun yaxshi imkoniyat.

Lekin, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning ko‘pligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shu bois, «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi