14-oktabr, chorshanba13:11Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistondagi 6 ta bank xususiylashtiriladi

O‘zbekistondagi 6 ta davlat banki ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.

1 daqiqa o'qish219 marta o'qildi

“2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari ko‘magida “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi. Bunda birinchi bosqichda ular institutsional o‘zgartiriladi (faoliyati transformatsiya qilinadi), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketi sotiladi.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.

Ayrim banklarning moliyaviy ahvolini baholash asosida, qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ular konsolidatsiyalanadi.

Farmonga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi.

Loyiha ofisiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi