14-oktabr, chorshanba10:44Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekistonda masjidlar 15 avgustdan boshlab ochiladi

Karantin qoidalariga amal qilib, ijtimoiy masofani saqlagan holda O‘zbekistondagi masjidlar birin-ketin ochiladi.

1 daqiqa o'qish175 marta o'qildi

“Azon.uz” manbasining xabar berishicha, ayni soatlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi yurtimizdagi barcha imom va noiblar ishtirokida video selektor shaklida yig‘ilish o‘tkazmoqda. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofir Ahmedov ham ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda pandemiya vaqtidagi imom xatiblar faoliyatini yanada samaradorlik qilish, davlatimiz tomonidan imomlarga e’tibor qaratilib, 150 milliard so‘m ajratilgani, yoshlarimizning tarbiyasida imomlarning o‘rni va ta’siri bo‘lishi zarurligi kabi mavzular muhokama qilinyapti.

Majlisda aytilishicha, 15 avgustdan boshlab yurtimizda masjidlar bosqichma bosqich yana faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bunda avvalo nimalarga e’tibor qaratilishi, karantin qoidalariga amal qilish muhimligi, ijtimoiy masofani saqlash, eng muhimi, elu yurtimiz tinchligi, koronavirus balosining tezroq ko‘tarilishini so‘rab duoyi xayrlar qilinishi muhimligi alohida ta’kidlandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi