14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

Ikki mamlakat investorlari tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi qo‘llaniladi.

1 daqiqa o'qish62 marta o'qildi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim 2020 yil 9 iyuldan e’tiboran kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hujjat 2017 yil 25 oktyabrda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi davomida imzolangan.

Ushbu hujjat qoidalariga muvofiq, ikki mamlakat investorlari tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi qo‘llaniladi.

“Bitim investorlar huquqlarini himoyalash, sarmoya va texnologiyalarning kirib kelishini qulaylashtirish, pul o‘tkazmalarining erkin bajarilishi huquqiy asoslarini belgilagan”, - deyilgan xabarda.

Hujjat 1992 yil 28 aprelda imzolangan avvalgi hukumatlararo bitimni almashtiradi hamda zamonaviy voqelikni inobatga olgan holda investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, bitim ikki davlat iqtisodiyotiga o‘zaro investitsiyalar oqimi uchun mustahkam asos yaratadi, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlar uchun har ikki mamlakatning investitsion jozibadorligini oshiradi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi