14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston va Boshqirdiston quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish uchun sharnoma imzoladi

Boshqirdiston Respublikasi Savdo va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Davlat Qo‘mitasidan kelgan delegatsiya O‘zbekiston bilan 1.8 mln dollarlik shartnoma imzoladi.

1 daqiqa o'qish46 marta o'qildi

Boshqirdiston Respublikasi Savdo va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Davlat Qo‘mitasi raisi Aleksey Gusev boshchiligidagi delegatsiyasining Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida 1.8 mln. dollarlik shartnoma imzolandi. Bu haqda SSP matbuot xizmati xabar qilgan.

Tashrif doirasida Delegatsiya vakillari Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish korxonalari, intensiv bog‘lar va meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishtirilgan.

Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida O‘zbekistonning “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligi va Boshqirdistonning “Sentr Pitaniya” MChJ korxonalari o‘rtasida quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan 1.8 mln. dollarlik shartnoma imzolangan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi