14-oktabr, chorshanba08:53Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi setka amalga kiritildi

1 fevraldan boshlab ish haqi, pensiyalar, nafaqalar miqdori oshirildi va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi setka amalga kiritildi.Indeksatsiya miqdori 7 foizni tashkil etadi.

1 daqiqa o'qish1 338 marta o'qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 1 fevraldan boshlab ish haqi, pensiyalar, nafaqalar miqdori oshirildi va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi setka amalga kiritildi. Indeksatsiya miqdori 7 foizni (1,07 baravar) tashkil etadi.

Yangi setkaga muvofiq, respublika hududida:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM) - oyiga 679 330 so‘m;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 238 610 so‘m;
  • eng kam yoshga doir pensiyalar - oyiga 466 680 so‘m;
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 466 680 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 286 390 so‘m.

Bazaviy hisoblash miqdori (223 000 so‘m) o‘zgarishsiz qoldirildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi