14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Markaziy bank: Karantin davrida narxlarning qimmatlashishiga olib keluvchi jiddiy asoslar mavjud emas

Koronavirus pandemiyasi aholi turmushining og‘irlashishiga, narxlarning qimmatlashishiga olib kelmaydimi? Umuman, O‘zbekistonda bu epidemiyadan keyingi iqtisodiy holat, pul-kredit siyosatidagi o‘zgarishlar qanday prognoz qilinmoqda?

1 daqiqa o'qish207 marta o'qildi

Butun jahonda ro‘y berayotgani kabi O‘zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar iqtisodiy faolikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu o‘z o‘rnida, kelgusida aholining daromadlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Pandemiya ta’sirida shakllangan joriy iqtisodiy holat butun dunyoda, jumladan, bizda ham joriy yilda aholi daromadlarining yuqori darajada oshmasligini ko‘rsatmoqda.

Pandemiyaning narxlarga ta’siri bo‘yicha karantinning dastlabki kunlari aholining xavotirlari keskin oshishi natijasida asosiy oziq-ovqat hamda gigiyena vositalariga keskin talab oshishi kuzatildi va bu holat ayrim savdo nuqtalaridagi narxlarga vaqtinchalik o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, quyidagi omillarga tayanib hozirgi kunda karantin davrida narxlarning qimmatlashishiga olib keluvchi jiddiy asoslar mavjud emasligini bildiramiz.

Xususan:

  • aholining doimiy daromadlari qisqarishi natijasida iste’mol tovarlarining asosiy qismiga bo‘lgan yalpi talab keskin pasayishi;
  • kelgusi oydan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi hosili katta hajmda bozorlarga chiqishi;
  • tegishli Prezident Farmoni bilan bir qator asosiy xalq iste’molidagi tovarlari va ularning xomashyolari importiga 2020 yil 31 dekabriga qadar bojxona boji va aksiz solig‘ining bekor qilinishi;
  • Hukumatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlari.

Shuningdek, 2020 yildan boshlab Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, 15 foiz darajasida belgilandi. Bu birinchi navbatda, iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida inflyasiya bo‘yicha prognozlarni pasayish tomonga ko‘rib chiqilganligi bilan bog‘liq.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi