14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Markaziy bank joriy yilda jismoniy shaxslarga qancha kredit berilgani haqida ma’lumot berdi

2020 yil 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratilgan.

1 daqiqa o'qish91 marta o'qildi

2020 yil 5 oyi davomida tijorat banklari tomonidan 23 438 nafar jismoniy shaxslarga 3,5 trln. so‘m miqdorida (2019 yilning mos davriga nisbatan 1,5 trln. so‘mga ko‘p) ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev yangi qurilayotgan uylarning kredit muddatini uzaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlari:

  • Toshkent shahrida 1 683,7 mlrd. so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 369,3 mlrd. so‘mga ko‘p);
  • Samarqand viloyatida 304,5 mlrd. so‘m (218,2 mlrd. so‘mga ko‘p);
  • Surxondaryo viloyatida 196,0 mlrd. so‘m (87,1 mlrd. so‘mga ko‘p);
  • Jizzax viloyatida 148,3 mlrd. so‘m (37,3 mlrd. so‘mga ko‘p);
  • Sirdaryo viloyatida 104,3 mlrd. so‘mni (23,8 mlrd. so‘mga ko‘p) tashkil etib, eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi.

Shuningdek, ipoteka kreditlari tarkibida imtiyozli asosda (qayta moliyalash stavkasi doirasida) ajratilgan kreditlar ulushi 57,6 foizni (2,04 trln. so‘m), bozor foizlarida ajratilgan kreditlar ulushi esa 42,4 foizni (1,5 trln. so‘m) tashkil qiladi.

2020 yilning 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratildi.

Ipoteka kreditlarining:

  • 92,1 mlrd. so‘mi (57,7 foizi) 2 xonali kvartira;
  • 67,5 mlrd. so‘mi esa (42,3 foizi) 3 va undan ko‘p xonali kvartiralarni sotib olish uchun berilgan.

Ajratilgan mazkur ipoteka kreditlarining eng yuqori hajmi:

  • 24,3 mlrd. so‘mi (15,2 foizi) Farg‘ona viloyati;
  • 23,0 mlrd. so‘mi (14,4 foizi) Navoiy viloyati;
  • 21,6 mlrd. so‘mi (13,5 foizi) Toshkent shahri;
  • 21,0 mlrd. so‘mi (13,1 foizi) Surxondaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi