14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun maxsus shifoxonalar tashkil etildi

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etildi.

1 daqiqa o'qish351 marta o'qildi

“Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etildi.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalar quyidagicha biriktirildi:

  • O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining “Universal” sport majmuasidagi 750 o‘rinli - IIVning markaziy gospitaliga;
  • “O‘zekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilonidagi 814 o‘rinli - Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Nazarbek” sog‘lomlashtirish maskanidagi 350 o‘rinli - Milliy gvardiya va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ;
  • Yoshlik sport majmuasidagi 520 o‘rinli - DXXning markaziy harbiy gospitaliga;
  • “O‘zekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilonidagi 1000 o‘rinli, Sergeli tumanidagi 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabidagi 250 o‘rinli, Olimpiya zaxiralari sport saroyidagi 500 o‘rinli - Toshkent shahar hokimligiga.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi