Muftiy Usmonxon Alimovga “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni qabul qilib, uning 70 yillik tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni qabul qilib, uning 70 yillik tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi.
Davlatimiz rahbari muftiyning mamlakatimizda Islom madaniyati va ilm-fanini rivojlantirish, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati va ezgu g‘oyalarini, buyuk allomalarimizning ilmiy merosini tadqiq etish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish ishlariga qo‘shgan munosib hissasining yuksak e’tirofi sifatida unga “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi.



