Joriy haftadan barcha valyuta kurslari ko‘tarildi
Markaziy bank 13 oktyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar va yevro kursida sezilarli ko‘tarilish kuzatildi.

Markaziy bank bergan xabarga ko‘ra, 13 oktyabrdan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 24,80 so‘mga ko‘tarilib, 10 364,48 so‘mni tashkil qildi. Yevro 144,09 so‘mga ko‘tarilib, 12 254,96 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabrdan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 18,47 so‘mga ko‘tarilib, 10 339,68 so‘mni, yevro 107,30 so‘mga ko‘tarilib, 12 110,87 so‘mni tashkil qilgan edi.



