Iste’mol narxlari indeksi iyul oyida 0,3 foizga pasaydi
Iste’mol bozorlarini yangi hosil meva va sabzavotlari bilan to‘ydirish narxlarning pasayishiga olib keldi. Shu bilan birga qo‘y va mol go‘shti masulotlarining narxida o‘sish kuzatildi. Shuningdek, iyul oyida dori-darmon, shaxsiy gigiyena vositalari, tozalash va yuvish vositalari narxlari ham oshdi.

Joriy yilning iyul oyida iste’mol narxlari indeksi (INI) 0,3% ga kamaydi, yil boshidan beri INI 4,3% ga o‘sdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari 1,3% ga arzonlashdi, bu birinchi navbatda meva va sabzavotlar (-7,9%) va tuxum (-2,3%) narxlarining pasayishi bilan bog‘liq.

Iste’mol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi
Xususan, iste’mol bozorlarni yangi hosil meva va sabzavotlari bilan to‘ydirish, tarvuz (-28,9%), bodring (-20,2%), olma (-18,6%), pomidor (-14,3%) va nok (-13,6%) kabi mahsulotlar narxlarining pasayishiga olib keldi. Shuningdek, qo‘y va mol go‘shti mahsulotlarining narxi mos ravishda 0,69% va 0,55%ga o‘sdi. Shu bilan birga, limon (7,1%) va sarimsoq piyoz (1,3%) mahsulotlariga karantin davrida talabning ortishi sababli narxlar oshdi.
Nooziq- ovqat mahsulotlari bir oy ichida 0,5%ga oshdi, bunda benzinning birjadagi narxi 5.8% ga oshdi (umumman olganda, yil boshidan benzin narxi 6.72 % ga pasaygan).
Bundan tashqari, qurilish va ta’mirlash ishlari hajmining o‘sishi, qurilish materiallariga talab va narxlarning 1.3% ga o‘sishiga olib keldi. Sement narxi 4.8% ga ko‘tarildi.
Shuningdek, iyul oyida dori-darmon (0.6%), shaxsiy gigiyena vositalari, tozalash va yuvish vositalari (0.3%) narxlari ham oshdi.
Aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar o‘rtacha 0.4% ga oshdi. Xususan, yo‘lovchi transportida xizmatlar ko‘rsatish 1.4% ga oshdi. Taksi xizmatlar 4.6% ga va marshrut taksi xizmatlari esa 2.3% ga oshdi.
Tibbiy xizmatlar 0.8% ga oshib, shu sektorda narxlarning o‘sishi 0.1% dan 2.1% gacha diapazonni tashkil etdi.
Viloyatlar kesimida barcha viloyatlarda iste’mol indeksining pasayishi kuzatildi: -0.1%(Toshkent sh.) dan 0.8% gacha (Surxandaryo v.). Farg‘ona (3.5%) va Namangan (2.6%) viloyatlarida kartoshka narxi o‘sishi kuzatildi (Respublika bo‘yicha o‘rtacha kartoshka narxi 1.4% ga pasaydi).



