14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Innovatsion rivojlanish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Olimjon To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

1 daqiqa o'qish509 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 12 noyabrdagi qarori bilan Olimjon Alijonovich To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O.A. To‘ychiyev Innovatsion rivojlanish vazirligida boshqarma boshlig‘i va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Olimjon Alijonovich To‘ychiyev 1991 yil Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2015 yil mashinasozlik muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasi va 2017 yili Mexatronika yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘lgan. O.To‘ychiyev 2016—2017 yillarda Germaniyaning Xoxenxaym universitetida ham tahsil olgan.

Shuningdek, O. To‘ychiyev 2013 yil ovoz orqali masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, o‘zbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratib, fan va texnika sohasida, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar o‘rtasida keng ko‘lamda ommalashtirish yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

2017 yil Olimjon To‘ychiyev «Kamolot» YoIH qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi