14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Elektrotexnika mahsulotlarining eksporti hajmi oshiriladi

Hukumat qarori bilan 2019 – 2022 yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda, Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

1 daqiqa o'qish519 marta o'qildi
Hukumat qarori bilan 2019 – 2022 yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda, Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali. Mazkur Dasturda elektron texnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar ishlab chiqarish hajmini, eksport hajmini hamda elektrotexnika sanoatida mis xomashyosini qayta ishlash hajmlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Shuningdek, qaror bilan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni 2,7 baravarga, eksportini 4,3 baravarga va misni qayta ishlashni 5 baravarga ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi