14-oktabr, chorshanba10:43Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Covid-19 koronavirus infeksiyasidan yana bir bemor vafot etdi

7 aprel kuni karantinga olingan ayol 18 aprel kuni ko‘rsatilgan barcha yordamlarga qaramay vafot etgan. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 5 nafarga yetdi.

1 daqiqa o'qish1 207 marta o'qildi

Shu yilning 7 aprel kuni 77 yoshli (ayol) A. surunkali bronxit, o‘ng o‘pka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan.

Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bugun ushbu infeksiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan vafot etdi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi