14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Xususiy tug‘ruqxonalarga ruxsat etildi

“Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish1 649 marta o'qildi

“Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan xususiy tibbiyot muassasalari uchun tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.

Bunda, tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan va belgilangan talablarga javob beradigan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 martga qadar sog‘liqni saqlash va FHDYo organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi takomillashtiriladi.

2020 yil 1 iyuldan boshlab Elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi barcha tug‘ruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi