15-oktabr, payshanba23:49Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 963,16▲ 49,81EUR13 390,36▲ 61,70RUB142,33▼ 0,06CNY1 787,47▲ 7,71GBP15 870,33▲ 91,10JPY75,50▲ 0,18KRW8,95▲ 0,06CHF14 358,09▲ 46,04KZT26,47▼ 0,04
Iqtisodiyot va biznes

Buxoroda ohaktoshdan qog‘oz ishlab chiqariladi

Buxoro viloyati Kogon shahridagi erkin iqtisodiy zonada ish boshlayotgan “Qizilqum class invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona ohaktoshdan qog‘oz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mamlakatimizda yagona sub’yekt bo‘ladi.

1 daqiqa o'qish540 marta o'qildi
Buxoro viloyati Kogon shahridagi erkin iqtisodiy zonada ish boshlayotgan “Qizilqum class invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona ohaktoshdan qog‘oz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mamlakatimizda yagona sub’yekt bo‘ladi. U o‘z hududidan uncha olis bo‘lmagan karerdan olinadigan xom ashyo asosida ishlaydi. Mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ne’mat Mansurovning aytishicha, Buxoro ohaktoshi namunalari Yaponiya va Italiyadagi tegishli laboratoriyalarda o‘rganildi. Natija juda yaxshi. Xom ashyo tarkibining sifati va boshqa qator xususiyatlari yuqori baholangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ohaktoshning bir tonnasini qayta ishlash jarayonida unga polimer birikmasini qo‘shgan holda 800 kilogramm qog‘oz olish mumkin ekan. Undan esa gazetabop qog‘oz hamda qog‘oz mahsulotlari – devoriy gulqog‘oz, shuningdek, bir marta ishlatiladigan tarelka va boshqa idishlar ishlab chiqariladi. Loyiha iqtisodiy jihatdan foydali. Xususan, u chetdan olib kelinadigan qog‘oz importi uchun sarflanayotgan katta miqdordagi xorijiy valyuta tejab qolinishiga xizmat qiladi. Korxonaning oylik quvvati o‘rtacha 70 ming tonnadan ziyod. Uning loyiha-smeta qiymati 136 million dollardan iborat. Moliyalashtirish Malayziyadagi hamkor investorning to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinadigan mablag‘i hisobiga amalga oshiriladi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi