14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Bakalavriatga o‘qishga qabul qilish tartibiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi

Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari OTMga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bekor qilindi.

1 daqiqa o'qish301 marta o'qildi

Hukumat qarori (499-son, 21.08.2020 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qaror bilan Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari OTMga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bekor qilindi.

Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:

  • Badiiy akademiyaning tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha respublika tanlovi hamda mazkur yo‘nalishlardagi xalqaro tanlovlarning g‘oliblariga Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli OTMlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha bo‘yicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi;
  • agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan bo‘lsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi;
  • agar ayrim ta’lim yo‘nalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, abituriyentga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi