14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Ayrim qurilish texnikalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Ko‘p qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, yana bir nechi mashina va mexanizmlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

1 daqiqa o'qish77 marta o'qildi

“Hududlarda ko‘p qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi:

  • 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari (27 turdagi);
  • 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda ko‘p qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari.

Bojxona to‘lovlarini to‘lovchilar 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda import qilinadigan qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqiga ega bo‘ladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi