14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Avtomobilni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari qanday?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra haydovchilarning majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarishi 111 ming 500 so‘m miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

1 daqiqa o'qish273 marta o'qildi

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra:

  • ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ko‘p bo‘lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari — 2 yilda bir marta;
  • ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari — 1 yilda bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.

Shuningdek, transport vositasi texnik ko‘rikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq haydovchilarning majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarishi 111 ming 500 so‘m miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi