14-oktabr, chorshanba10:38Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish205 marta o'qildi

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (1031-son, 24.12.2019 y.).

Qarorga ko‘ra, Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” barpo etish davom ettiriladi.
Shunga ko‘ra, 700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi.

“Yashil qoplamalar” barpo etish uchun, jumladan:

  • o‘rmon xo‘jaliklaridan qo‘shimcha 1000 nafar xodim jalb etiladi;
  • ishchilar oziq-ovqat va maxsus kiyim-kechaklar bilan ta’minlanadi;
  • cho‘l o‘simliklari urug‘lari zaxirasini jamg‘arish va ekish uchun uzluksiz yetkazib beriladi;
  • aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlar jalb etiladi.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xatirasi”ga ko‘ra, 3 ming gektar maydonda mahsuldor yaylovzorlar barpo etiladi.
Mo‘ynoq shahrini ko‘kalamzorlashtirish uchun mos bo‘lgan daraxt ko‘chatlarini yetishtirish maqsadida Mo‘ynoq davlat o‘rmon xo‘jaligida 20 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil etiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi