14-oktabr, chorshanba12:22Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

28 turdagi ma’lumotnomani talab etish taqiqlandi

“Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish390 marta o'qildi

“Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4546-son, 09.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

  • hokimliklarning alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkaziladi;
  • hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi;
  • davlat organlari va tashkilotlari jami 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan esa ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • Prezident va Hukumat hujjatlari bilan tuzilgan (ro‘yxati mazkur qarorda keltirilgan) idoralararo kollegial organlarning ayrimlari vakolatlari tugatiladi.

Jumladan, qarorga muvofiq turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish funksiyasi hokimliklardan tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga o‘tkaziladi.

Shuningdek, hokimliklarning bozor faoliyatini to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qilish kabi vakolatlari bekor qilinadi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab
davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda amalga oshiriladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi