Barcha yangiliklar

Markaziy bank 200 va 500 so‘mlik banknotlarni almashtirish muddati qachongacha ekanligini eslatib o‘tdi
Eski namunadagi 200 so‘m va 500 so‘m qiymatidagi banknotlarni 29 avgustgacha tijorat banklari kassalari orqali almashtirib olish mumkin.

Tugatilayotgan fermer xo‘jaligining yerga qilgan xarajati qoplanadi
Ko‘chatlar, manzarali daraxtlar, ularni parvarishlash, hududni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida bajarilgan agrotexnik tadbirlar uchun qilingan xarajatlar qoplab beriladi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega qator hujjatlar bekor bo‘lmoqda
2021 yil 1 yanvardan boshlab 70 ta litsenziya va 35 ta ruxsatnoma bekor qilinib, 115 ta litsenziya va ruxsatnomani olish tartib-taomillari soddalashtiriladi.

O‘zbekiston 7 oyda 21,5 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi
Pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay 13 ta davlatga O‘zbekiston uzumlarining eksporti amalga oshirilgan.

FVV: O‘zbekistonning tog‘li hududlariga sel kelishi mumkin
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

O‘zbekistonda 7 oy davomida qaysi avtomobil ko‘p ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-iyul oylarida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi
JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.

O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni Toshkent pediatriya instituti qoshidagi akademik litsey 2-bosqich o‘quvchisi Saida Valijonova qo‘lga kiritgan.

Maktablarni 14 sentyabrdan ochish taklifi kiritildi
Ekspertlar fikridan kelib chiqib, bu yilgi o‘quv yilini 14 sentyabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi, deb yozmoqda Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov.

Birjada o‘tgan hafta sement, benzin, shakar va paxta yog‘i qanchadan sotildi?
O‘tgan haftada "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 066,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan. Sement 98,0 %, benzen 26,2%, shakar 53,2%, paxta yog‘i 72,3% sotildi.

Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha ma’lumot berildi (+Infografika)
Inqirozga qarshi jamg‘armadan 18 avgustga qadar 8 448,7 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 6 753,5 mlrd. so‘mi tegishli tashkilotlar tomonidan o‘zlashtirilgan.

Bakalavriatga o‘qishga qabul qilish tartibiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi
Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari OTMga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bekor qilindi.

Xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar vaqtincha davlat xaridlarida ishtirok etmaydi
2021 yil 1 yanvardan xorijiy mamlakatlarda xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimiga kiritilgan mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish uchun” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.

Dollar kursi joriy haftada ham ko‘tarilishda davom etmoqda
Markaziy bank 25 avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar va tengi ko‘tarildi, yevro va rubl tushdi.

AQSh O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan iyun oyida e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida 200 ta o‘pkani sun’iy shamollatish moslamasi O‘zbekistonga taqdim qilindi.

Bankka qo‘yilgan omonatni muddatidan oldin olsa foizi qanday hisoblanadi?
Bankka qo‘yilgan omonatni mijoz o‘z xohishiga qarab, chiqim qilishi mumkinmi? Agar muddatidan oldin foydalansa, omonat foizi qanday bo‘ladi? Ushbu savollarga Markaziy bank javob berdi.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonun loyihasining yangi tahriri e’lon qilindi
Yangi tahrirdagi qonun loyihasida konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishda, O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishda, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini tahqirlashda, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

1 sentyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kiradi. Bundan tashqari yana bir qancha yo‘nalish va sohalarda o‘zgarishlar kuzatiladi.

Gidroenergetika sohasini rivojlantirish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 55,8 mln yevrolik kredit ajratilishi bo‘yicha kelishuvi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida bir nechta GESlarning faoliyati xavfsizligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 yil muddatga 55,8 mln yevrolik kredit ajratilishi bo‘yicha zayom kelishuvi imzolandi.

Prezident Shveysariya bilan hamkorlikda ochilgan yangi korxonani borib ko‘rdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi “Prof- Milk” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarga zamonaviy qurilish texnologiyalari bo‘yicha yetarli malaka bersak, daromadlari ham ikki-uch barobar oshadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi «Binokor» mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurdi.

Yetti oyda chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trln so‘mni tashkil etdi
Respublika chakana savdo tovar aylanmasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘sish sur’atlari kuzatilgan.

Prezident “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJni sanoat klasteriga aylantirish muhimligini ta’kidladi (foto)
“Bu texnologiyalar ham, mahsulotlar ham yaxshi. Lekin har dam rivojlanishni o‘ylash kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev “Bektemir metall konstruksiyalari” MChJga tashrifi chog‘ida.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga yana 200 mln dollar kredit ajratishi mumkin
OTB direktorlar kengashi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 3 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 15 yil muddatda qaytarish sharti bilan 200 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishini ko‘rib chiqadi.