Vse stati

Oltin-valyuta zaxiralari va suveren boylik fondlari: ularni boshqarish va makroiqtisodiy barqarorlik
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari Xalilulloh Hamidov va Feruzbek Davletov tomonidan koronavirus inqirozi davrida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralaridagi o‘zgarishlar, ularning yetarliligi darajasi chuqur tahlil etildi. Tahlillarga ko‘ra, koronavirus inqirozi tufayli ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro zaxiralari hajmi kamayib borayotgan bir paytda O‘zbekistonda oltin-valyuta zaxiralari hajmi sezilarli darajada oshdi.

O‘zbekiston Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirishga, afg‘on xalqining turmushini yaxshilashga katta hissa qo‘shmoqda
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki butun jahon hamjamiyati ham manfaatdor bo‘lgan hududda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun katta istiqbolga ega va mazkur yo‘nalishda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni oshirish biz uchun yuqori ustuvorlik kasb etadi, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

Avgust oyida inflyasiya darajasi 0,5% darajasida bo‘lishi kutilmoqda
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari 0,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,8 foizga, aholiga pullik xizmatlar bir oy ichida 0,4 foizga qimmatlashdi.

Boy bo‘lishning “ko‘rinmas” imtiyozlari
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlari markazi Bosh ilmiy xodimi Baxtishod Xamidovning tahlillariga ko‘ra, kambag‘allikni kamaytirish uchun bozor va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining o‘zi yetarli emas.

Yangi professional ta’lim — yangi missiya
Yangi professional ta’lim muassasalarida ta’lim mazmuni, soni va sifati, ta’lim dasturlari, texnologiyalarining isloh qilinishi oqibatida bir qancha o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi esa iqtisodiyotni taraqqiy ettirish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlarning hayotda munosib o‘rin topishi, natijada xalqimiz turmush farovonligini oshirish masalalarining ijobiy hal etilishini ta’minlaydi, deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Murodullo Xolmuxamedov.

ShHTning aqliy markazlar konsorsiumining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) koronavirus pandemiyasi davrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan iqtisodiy tahliliy “aqliy markaz”lar konsorsiumiga tarkibiga kirdi.

Iste’mol savati: O‘zbekistonda ushbu haftada qaysi mahsulotlar arzonlashdi va narxlari oshdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan aholining iste’mol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi. Iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari indeksining dinamikasi shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan haftaga nisbatan mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlarida narxlarning pasayishi kuzatildi.

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya
"Xalqaro migratsiya jarayonining o‘yin qoidalarini mehnat resurslarini qabul qiluvchi mamlakat ishlab chiqadi. Pandemiya paytida mazkur cheklovlarning ahamiyati yanada oshgani mehnat kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarni qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarning huquqlarini mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga undadi", deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Hasanjon Majidov.

Does news influence housing prices? The case of Tashkent
Numerous studies are devoted to factors influencing the pricing of housing abroad. However, not enough attention is paid to this issue in Uzbekistan. The study was designed to fill this gap, according to the results of which, the impact of news on the acquisition of houses without registration was not revealed.

Joriy haftada ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari biroz ko‘tarildi
Ushbu haftada piyoz, baliq va qo‘y go‘shtining o‘rtacha narxlarida 1% atrofida o‘sish kuzatildi.

O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksining pasayishi qayd etildi
O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralarining kuchaytirilishi, shuningdek ushbu choralarning 15 avgustgacha uzaytirilishi ishbilarmonlik faolligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari pasayishi qayd etildi
Qovun, pomidor, qovoq, tarvuz, nok, loviya, kartoshka, uzum, olma o‘rtacha narxlari pasaygan, bug‘doy uni, parranda go‘shti, no‘xat, sut, shakar arzonlashdi.

O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada 65 % tadbirkorlar talab o‘sishini kutmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan so‘ralgan korxonalarning 65% talab o‘sishini kutmoqda. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, iqtisodiyot jadal rivojlanadi.

Iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksi o‘tgan haftaga nisbatan biroz oshdi
Mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘tgan haftaga nisbatan pasaydi. Go‘sht mahsulotlaridan baliq narxida o‘sish kuzatildi. Boshqa go‘sht mahsulotlarida sezilarli o‘sish qayd etilmadi.

Results of the July survey in assessing the business climate in Uzbekistan showed a moderate fall
The Center for Economic Research and Reforms (CERR) under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan conducted another survey among entrepreneurs to assess the business climate in Uzbekistan. In July’s survey 1003 enterprises took part.

Iste’mol narxlari indeksi iyul oyida 0,3 foizga pasaydi
Iste’mol bozorlarini yangi hosil meva va sabzavotlari bilan to‘ydirish narxlarning pasayishiga olib keldi. Shu bilan birga qo‘y va mol go‘shti masulotlarining narxida o‘sish kuzatildi. Shuningdek, iyul oyida dori-darmon, shaxsiy gigiyena vositalari, tozalash va yuvish vositalari narxlari ham oshdi.

Bir martalik yordam puli ajratish to‘g‘risida Prezident farmoni imzolandi
Ko‘makka muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan oilalarning har bir a’zosiga yordam puli ajratiladi. Bundan tashqari, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi soni 2 barobarga oshiriladi. Shuningdek, keksa yoshdagi hamda nogiron shaxslarning nafaqalari 10 foizga oshadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “Banklar faollik indeksi”ni ishlab chiqdi
Mazkur indeks ikkita subindeksdan iborat. Markaz o‘z tadqiqotida 27 ta tijorat banki uchun faoliik indeksini baholaydi.

May-iyun oylari uchun COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari natijalari
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki bilan hamkorlikda "O‘zbekiston fuqarolarini tinglash" loyihasi doirasida "COVID-19" ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Iste’mol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining iste’mol odatlarini tavsiflovchi og‘irliklar qo‘llanildi. Natijada quyidagilar aniqlandi.

Takroriy karantin o‘zini qanchalik oqlaydi yoxud O‘zbekiston pandemiyaga qarshi kurashni qanday davom ettiradi?
Eng muhimi, biz endi pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga o‘rganishimiz shart. Hayot davom etmoqda va u bizdan sabr-toqat va mustahkam intizom bilan oqilona harakat qilishimizni talab etadi, deydi Akramjon Ne’matov.

Obid Hakimov: Pandemiyani yengib o‘tish trayektoriyasi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov karantin choralarining qaytarilish sabablari, O‘zbekistonning pandemiya davrida olib borayotgan siyosati va vaziyatning rivojlanish prognozlari haqidagi fikrlarini bildirdi.

O‘zbekistonda meva-sabzavotlikni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribalarining tahlillari ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasi va klasterlarini rivojlantirish zarurati borligini ko‘rsatmoqda, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Sobir Xasanov.

MAKROIQTISODIYoT MUAMMOSI: KAMBAG‘ALLIK YoKI PANDEMIYa?
Har yili 5 mln. bolalar vafot etmoqda. Hozirgi pandemiyada zararlanganlarning soni 12 mln.ga yetdi. Shu o‘rinda, tabiiy savol tug‘iladi, qaysi ko‘rsatkich makroiqtisodiy muvozanatni ko‘proq izdan chiqarmoqda? Professor Nodir Jumayev bu haqda o‘z mulohazalarini keltirmoqda.