# xotin-qizlar

Ichki ishlar organlariga himoya orderi so‘rab 7 mingdan ziyod xotin-qizlar murojaat qilgan
12 noyabr kuni Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadlariga 100 million AQSh dollari ekvivalentida mablag‘ ajratiladi.

Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda jahon bankining 2 million dollar mablag‘i doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini ta’minlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Xotin-qizlarning OTMga kirishlari uchun qo‘shimcha grant asosida tartibi belgilandi
14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlariga OTMlarga kirishda tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanomalar yana bir qancha mezonlar asosida beriladi.

3000 dan ortiq tadbirkor ayollarga imtiyozli kreditlar beriladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 20.11.2019 yildagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 919-son qarorida nazarda tutilgan.