# So‘rovnoma

Davlat soliq qo‘mitasi organida korrupsiya holatlari ko‘proq qaysi yo‘nalishda kuzatilmoqda?
Davlat soliq qo‘mitasi korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazdi. Ushbu so‘rovnoma ikki tilda o‘tkazilgan bo‘lib, 47 192 marotaba javob berilgan.

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada eng yaxshi va yomon xizmat ko‘rsatayotgan banklar nomi ma’lum bo‘ldi
So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlar 5 ta bankning xizmat ko‘rsatish sifatini boshqa banklarga nisbatan “yaxshi”, 8 ta bankda esa ko‘rsatilayotgan xizmatlar “qoniqarli”, 6 ta bankning xizmatlarini “qoniqarsiz” deb baholagan.

Infografika: Qaysi manbadagi axborotga ko‘proq ishonasiz?
"Ekonomicheskoye obozreniye" jurnali o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ularning jamoatchilik axborot manbalariga bo‘lgan ishonch darajasi o‘rganildi. So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, aholi eng ko‘pi blogerlarga (31%), davlat tashkilotlarining matbuot xizmatlariga (26) va ijtimoiy tarmoqlarga (24%) ishonadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga va Jahon savdo tashkilotiga ehtimoliy a’zo bo‘lishini baholash” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, respondentlarning 74 % O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Respondentlarning 16 % qarshi, 4% neytral ovoz berishgan bo‘lsa 6% javob berishga qiynalishdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda tadbirkorlik iqlimini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda biznes iqlimini o‘rganish bo‘yicha tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. So‘rovnoma har oy o‘tkaziladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi o‘rtasida iste’molchilar fikri Indeksini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi iste’molchilar fikrini o‘rganish maqsadida aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. So‘rovnoma har oyda o‘tkaziladi. Unda 16 yosh va undan katta yoshdagi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qatnashishi mumkin.